Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan javobgar U.A.dan uning sobiq turmush o‘rtog‘ining foydasiga uch nafar farzandlarining ta’minoti uchun ular voyaga yetguniga qadar aliment undirish belgilangan.
Ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Qo‘ng‘irot tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan bo‘lib, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlariga olib borilgan.
Ijro harakatlari davomida, javobgar U.A.dan 01.09.2025-yilga qadar alimentidan qarzdorligi uchun 96,3 mln so‘m undirilib, undiruvchining plastik kartasiga o‘tkazib berilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar