date

Paxtakor bekatida ayolga shilqimlik qilgan 23 yoshli yigit qamaldi

Paxtakor bekatida ayolga shilqimlik qilgan 23 yoshli yigit qamaldi

Toshkent metrosida ayol yo‘lovchiga nisbatan nomaqbul harakat qilgan yigit ma’muriy tartibda jazolandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2002 yilda tug‘ilgan S.B. 2025 yil 20 sentyabr kuni “Paxtakor” bekatidan “Xalqlar do‘stligi” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotganda A.D. ismli ayolning beldan past qismini ushlab, jamoat joyida shahvoniy shilqimlik qilgan.

Toshkent shahar Shayxontohur tuman ma’muriy sudida ish ko‘rib chiqilib, u o‘z qilmishini tan oldi va sodir etgan ishlaridan afsusda ekanini bildirdi. Shu bilan birga, suddan yengil jazo so‘radi.

Sud qaroriga ko‘ra, S.B. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 411-moddasi 1-qismi (“Jamoat joyida shahvoniy shilqimlik”) bo‘yicha aybli deb topildi va 5 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi.

Yigitning qilmishi jamoatchilik orasida ham keskin tanqidga uchradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Paxtakor bekatida ayolga shilqimlik qilgan 23 yoshli yigit qamaldi