23:22 / 17.04.2015
6 249

GoPro asoschisi eng ko‘p haq oluvchi rahbar sifatida qayd etildi

GoPro asoschisi eng ko‘p haq oluvchi rahbar sifatida qayd etildi

Ekshn-kameralar ishlab chiqaruvchi GoPro kompaniyasi asoschisi va bosh direktori sanaladigan Nik Vudman AQShda 2014 yilda eng ko‘p maosh olgan kompaniya rahbari deb topildi. Bu haqda «Bloomberg»ga asoslanib «Kun.uz» xabar bermoqda.

O‘tgan yilning iyunida Vudman umumiy miqdori 284,5 mln dollarga teng 4,5 mln aksiyaga ega bo‘lgan. Bundan uch hafta o‘tib, uning kompaniyasi IPO reytingiga kirgan.

Shu tariqa Vudman 2013 yilda eng ko‘p pul ishlagan, Cheniere Energy kompaniyasi boshqaruvchisi Charif Sukini ortda qoldirdi. Sukining 2013 yilda ishlab topgan puli 281 mln dollarni tashkil etgan edi.

Qayd etilishicha, Nik Vudman 2013 yilda 800 ming dollar maosh ollgan, shuningdek unga mukofot sifatida har oyda 1 mln dollar to‘langan. Qolaversa, kompaniya tomonidan uning yo‘l kirasi uchun har oyda 50 ming dollar ajratilgan.

Bloomberg Billionaires Index ma’lumotiga ko‘ra, Vudman ayni vaqtda kompaniyasidagi eng katta ta’sirga ega shaxs hisoblanadi, uning jami ulushi 2,4 mlrd dollarga baholangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » GoPro asoschisi eng ko‘p haq oluvchi rahbar sifatida qayd etildi