
So'nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda O'zbekiston aholisi bolalar orasida tarqalgan noma'lum virus haqida muhokama qilmoqda. Foydalanuvchilar kasallanganlar sonining oshgani va dorixonalar gavjum ekanini bildirishmoqda.
Sog'liqni saqlash vazirligi esa noodatiy virus tufayli ommaviy kasallanish holati mavjudligini rad etdi. Ular avvalgi bayonotlarda aholining oddiy mavsumiy viruslar - o'tkir respirator virusli infeksiya, shamollash va gripp bilan kasallanishi haqida ma'lumot bergan edi.
Bugun tunda ijtimoiy tarmoqlarda 30-oktabrdan boshlab poytaxt maktablarida niqob rejimi joriy etilishi haqida xabar tarqaldi. Hozircha bu talab bo'yicha rasmiy tasdiq mavjud emas.
Ammo avvalgi yillarda ham kuz mavsumida mavsumiy kasalliklar avj olgan paytda maktablarda bolalardan niqob taqish so'ralgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar