
Andijon viloyati Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma'lumot yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Ma'lumotlarga ko'ra, Andijon viloyatida yashovchi ayol sobiq eri aliment pullarini to'lamagani uchun qamalgan bo'lishiga qaramasdan, hali ham alimentni ololmaganini ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilgan.
Sobiq erining jami qarzi 18 million so'mdan oshgani aytilgan. Tashkilot ma'lumotiga ko'ra, 2022-yilda Andijon tumanlararo fuqarolik ishlari sudining qaroriga asosan, erkak farzandlarini ta'minlash uchun aliment to'lash majburiyatini olgan.
Biroq ko'rilgan choralariga qaramay, erkak qarzini to'lamaganligi sababli, Oltinko'l tumani Majburiy ijro byurosi xodimlari qarzdorga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atdi. Joriy yilning 19-sentabr kuni tuman jinoyat ishlari sudi erkakni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni ta'minlashdan bo'yin tovlash" moddasi bo'yicha aybdor deb topib, uni 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.
Shuningdek, 17-oktabr kuni ayolga Majburiy ijro byurosining maxsus jamg'armasidan 18,2 million so'm mablag' o'tkazib berilgani ma'lum qilindi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 