Xalq orasida Odilboy deb ataluvchi yirik tadbirkor, “Zeromaks” shirkatining bosh ijrochi direktori Mirodil Jalolov ozodlikka chiqarilgan. Manbalarning etkazishicha 4 dekabr kuni soat 11larda Jalolov sud zalidan ozod etilgan va Toshkentdagi hovlisiga jo‘nab ketgan. Bu haqda Sof.uz sayti va boshqa bir qator nashrlar yozmoqda.
Intenet tarmog‘ida tarqalgan sud ajrimi nusxasida “Sudlanuvchi Djalolov Mirodil Sabitovichga nisbatan qo‘llanilgan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi o‘zgartirilsin va unga nisbatan munosib xulq-atvorli bo‘lish haqida tilxat ehtiyot chorasi qo‘llanilsin. Djalolov Mirodil Sabitovich darhol sud zalida qamoqdan ozod qilinsin” deb yozilgan.
2010 yilda iqtisodiy jinoyatlar sodir etganligi aybi bilan qamoqqa olingan Mirodil Jalolov Shveysariyada qayd etilgan yirik "Zeromax" kompaniyasi rahbari sifatida ish olib borgandi. U shuningdek, “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti sifatida ham faoliyat olib borgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi