
Andijon shahridagi 36-maktabda fojeali hodisa yuz berdi. Maktab xodimlari texnik spirt bilan zaharlandi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi, uch kishi esa og‘ir ahvolda shifoxonada yotibdi. Hodisa 22-oktabr kuni taxminan soat 17:00 da sodir bo‘lgan.
Ish kuni tugagach, maktab xo‘jalik ishlari bo‘limi boshlig‘i, boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik o‘qituvchisi, qorovul va yana bir o‘qituvchi birga yig‘ilgan. Ular kechki ovqat paytida maktab laboratoriyasida saqlangan suyuqlikni iste'mol qilishgan va bu texnik spirt bo‘lgani aniqlangan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, xo‘jalik ishlari bo‘limi boshlig‘i voqea joyida vafot etgan, qorovul esa shifoxonaga olib ketilayotganida hayotdan ko‘z yumgan. Qolganlar kuchli zaharlanish belgilari bilan shifoxonaga yotqizilgan, ayrimlarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.
Ma'lum qilinishicha, maktab direktori hodisa vaqtida binoda bo‘lmagan va ushbu yig‘ilishda ishtirok etmagan. Voqea tafsilotlari va jabrlanganlarning holati haqida qo‘shimcha ma'lumot hozircha berilmagan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsiddinovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hodisa yuzasidan ichki ishlar organlari dastlabki tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Hodisaning sabablari va sharoitlari aniqlanmoqda.
Andijonda texnik spirt sababli ikki kishi vafot etdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar