
Argentinada 52 million yillik ikki qazilma hosili topildi. Topilma ko‘plab zamonaviy o‘simliklar, shu jumladan kartoshka va pomidorning evolyusiyasini tushunishga yordam beradi. Bu haqda Science jurnaliga asoslanib Kun.uz sayti ma’lum qilmoqda.
Manbaga ko‘ra, o‘simlik ituzumlar oilasiga kiradi. Hozirda ular hamma erda tarqalgan, lekin ularning erta tarixi hozircha noma’lum - olimlar faqat bir nechtagina qazilma urug‘ini topishgan. Topilma ituzumlar oilasining eng yirigi hisoblangan fizalislarga mansub. Fizalislarning turlaridan biri - sabzavot fizalisi tomatlarga qarindosh hisoblanadi va Meksika oshxonasida qo‘llaniladi. Topilmaga ko‘ra, fizalis va ituzumlar avvalgi ma’lumotlardan ancha oldinroq paydo bo‘lgan: sabzavot fizalisi ilgari 25 million yil avval paydo bo‘lgani taxmin qilinardi.
Tadqiqot o‘tkazilgan hududda 6 mingga yaqin qazilma o‘simliklari topilgan, biroq ularning faqat ikkitasigina fizalislarga tegishli bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar