date

Andijonda Nexia yo‘l patrul mashinasiga borib urildi

Andijonda Nexia yo‘l patrul mashinasiga borib urildi

Andijon viloyatida Nexia-2 yo‘l chetida to‘xtab turgan yo‘l-patrul xizmati avtomashinasiga borib urildi, deb xabar berdi viloyat YHXB axborot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 7 noyabr kuni soat 14:15 atrofida Oltinko‘l tumanidagi “Uyshin” mahallasi hududidan o‘tuvchi D-105 Farg‘ona halqa yo‘lida sodir bo‘lgan.

YHX inspektori kichik serjant I.O. xizmat vaqtida o‘zining Lacetti rusumli patrul avtomashinasini yo‘l chetida to‘xtatib, piyoda xizmatni davom ettirayotgan bo‘lgan. Shu paytda Oltinko‘l–Andijon yo‘nalishida harakatlanayotgan Nexia-2 haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, patrul mashinasining orqa qismiga kelib urilgan.

Baxtga ko‘ra, hodisa natijasida hech kim jarohat olmagan, ammo har ikki mashina ham texnik shikastlangan.

Hozirda voqea bo‘yicha Oltinko‘l tumani prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda Nexia yo‘l patrul mashinasiga borib urildi