“Al-Qoida” ekstremik guruhining o‘ldirilgan etakchisi Usama ben Ladenning o‘g‘li Xamza ben Laden yana AQSh tomonga musht o‘qtalib chiqdi. Bu safar u otasining o‘limi uchun javobgar qo‘shma shtatlardan qasos olishga va’da bergan.
Internet tarmog‘ida tarqalgan “Biz hammamiz Usamamiz” deb nomlangan murojaatda Xamza ben Laden, davlat rahbarlari tomonidan qabul qilingan qaror uchun AQSh fuqarolar ham javobgar ekanligini aytib, butun dunyoga tarqalgan jangarilar amerikaliklar va ularning ittifoqchilariga hujumlar uyushtirishda davom etishini bildirgan.
Xamza ben Laden:”Agar siz tomonidan Obbottobodda uyushtirilgan jinoyat jazosiz qolib ketadi deb o‘ylasangiz, qattiq yanglishasiz”. Ayni damda “ raqamli terrorist”ning o‘g‘li bu “islom millati”ning nafaqat shaxsan Usama ben Laden uchun, balki “islomni himoya qilguvchilar” uchun qasos bo‘lishini ta’kidlagan.
Xamza ben Laden: “Biz o‘z vataningizda va undan tashqarida ham sizdan Falastin, Afg‘oniston, Suriya, Iroq, Yaman, Somali va boshqa sizning istibdodingizdan aziyat chekkan musulmon zaminlari uchun o‘ch olamiz”.
Usama ben Laden 2011 yilning 2 mayida AQSh prezidenti Barak Obama ruxsati bilan maxsus xizmati tomonidan o‘ldirilgan. “Al-Qoida”ning sobiq etakchisining jasadi Amerika harbiy kemasidan dengizga uloqtirilib tashlangan.
2015 yilning avgust oyida Xamza ben Laden jangarilarni AQSh va uning ittifoqchilariga xujum qilib, nishon sifatida London, Vashington, Parij va Tel-Aviv shaharlarini ko‘rsatdi.
Bundan sal oldin esa AQShda ben Ladenni yo‘qotishga oid voqea atrofida katta mojaro yuzaga keldi. Taniqli Amerika jurnalisti Seymur Xersh shaxsiy tekshiruvini o‘tkazib, Oq uy tomonidan qonunlashtirilgan taxmin aslida haqiqatdan yiroq bo‘lganini aniqlagan. Aslida esa jurnalistning ma’lumotiga ko‘ra, “Al-Qoida” etakchisini Pokiston AQShga osongina taqdim etgan. Xershning fikricha, Pokiston hukumati 2006 yildayoq hibsga olingan ben Ladenni Obbottoboddagi shaxsiy uyida ushlashgan. Amerikaliklar esa Barak Obama aytganidek, uning iziga o‘z maxsus xizmatlari sa’y-harakati bilan emas, balki “Al-Qoida” yo‘lboshchisi boshi uchun belgilangan 25 mln dollarga ega bo‘lishni istagan pokistonlik generalning xoinligi tufayli tushishgan.
Usama ben Ladenning o‘g‘li Xamza Saudiya Arabistoni fuqarolarini qirollikdagi hukumatni ag‘darib tashlashga chorladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yo‘l bilan ular “Qo‘shma Shtatlar ta’siridan ozod bo‘lish” imkonini qo‘lga kiritishadi. O‘z audiomurojaatida Xamza ben Laden saudiyalik yoshlarni Yamandadagi jangarilar safiga qo‘shilib, kerakli harbiy qo‘nikmalarga ega bo‘lishga chorladi.
Xamza ben Usama ben Muxammad ben Avada ben Laden 1991 yilda tavallud topgan. U Usama ben Laden xotinlaridan biri Saudiya Arabistoni fuqarosi Xayri Sabarning o‘g‘li. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi