
Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikning ortib borishi davlat byudjeti daromadlariga hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Jizzax viloyati Soliq boshqarmasi qaroriga asosan, soliq majburiyatini bajarmagan “F.Ch.” fermer xo‘jaligi hisobidan jami 66 million so‘mlik soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosining Zomin tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushdi.
Davlat ijrochilari tomonidan qarzdorning bank hisob raqamlariga band solinib, barcha mol-mulklariga taqiq qo‘yildi.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdorga tegishli NIVA rusumli avtotransport qarzdorlik evaziga xatlandi.
Kelgusida mazkur avtomashina belgilangan tartibda auksion savdolari orqali sotilib, tushgan mablag‘ qarzdorlikni qoplashga yo‘naltiriladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!