17:06 / 16.01.2017
10 257

Eng badavlat 8 ishbilarmon boyligi dunyo aholisi yarmining mablag‘iga teng

Eng badavlat 8 ishbilarmon boyligi dunyo aholisi yarmining mablag‘iga teng

Dunyodagi eng boy sakkizta ishbilarmonning boyligi 3,5 milliard insonning davlatiga teng. Bu haqda Oxfam tashkiloti ma’lumotiga asoslanib Kun.uz xabar berdi.

Tadqiqotda badavlat va kambag‘al insonlar o‘rtasidagi farq avvalgidan ham oshgani aytiladi.

Ekspertlarning ma’lum qilishicha, soliqlardan bo‘yin tovlagan tadbirkorlar to‘lovlarni kamaytirib, siyosatga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Bu esa oradagi farqni yanada oshiradi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, trillionga ega bo‘lgan birinchi inson yaqin 25 yil davomida paydo bo‘lishi mumkin. Shu bilan bir qatorda, har o‘ninchi inson kuniga 2 AQSh dollaridan kam pulga yashaydi.

«Butun dunyo bo‘ylab aksariyat kishilarning maoshi pasaymoqda, ularning xo‘jayinlari esa bonus sifatidagi millionlab dollarlarni oladi. Ularda tibbiyot xizmatlari va ta’lim olishga etarli sharoit yo‘q, korporasiyalar va eng boy odamlar esa soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaydi. Hukumatlar ham ularga moslashib olgan», - deya ma’lum qildi Oxfam ijrochi direktori Vinni Byanima.

Avvalroq, dunyodagi eng badavlat insonlarning boyligi 2016 yilda 237 milliard AQSh dollariga ko‘paygani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Eng badavlat 8 ishbilarmon boyligi dunyo aholisi yarmining mablag‘iga teng