Kanadalik entomolog kapalaklarning yangi turini aniqladi hamda unga Donald Tramp nomini berdi. Bunga hasharot rangi va boshidagi “soch turmagi” AQShning saylangan prezidentiga juda ham o‘xshab ketishi sabab bo‘ldi, deyiladi ZooKeys jurnalida e’lon qilingan maqolada.
Bu jonivorlarga taniqli insonlarning nomini berish bilan bog‘liq bo‘lgan birinchi holat emas - o‘tgan yili tropik baliqlarning yangi turi Barak Obama sharafiga nomlangan bo‘lsa, parazitar arining noyob turi Bred Pitt nomini olgandi.
Ottavada istiqomat qiluvchi Vazrik Nazari esa janubiy Kaliforniyadagi Santa-Katalina orolida yashovchi kapalaklarning yangi turiga Donald Tramp nomini berdi.
Bu hasharot - Neopalpa donaldtrumpi, o‘yiq qanotli kuyalar turiga kirib, faqatgina Shimoliy Amerikada yashaydi. Neopalpa donaldtrumpi yorqin sariq rangda bo‘lib, uni daraxtlar tanasi va toshlar orasida osonlik bilan payqash mumkin.
Vazarining ta’kidlashicha, aslida Neopalpa donaldtrumpi 1984 yilda aniqlangan. O‘shanda amerikalik tabiatshunoslardan biri Santa-Kruz oroli flora va faunasini o‘rganish jarayonida bir necha “donaldtrampi”ni ushlab olgan hamda saqlab qo‘ygan. Besh yil avval kapalaklarning bir qismi genetiklar diqqatini tortdi va ular bu yangi turdagi hasharot ekanini aniqlashdi.
Olim bu kapalak Neopalpa turining kelib chiqishi va rivojlanishi tarixiga oydinlik kiritishda yordam berishidan umidvor. Bundan tashqari, u Donald Tramp va boshqa siyosatchilar e’tiborini Santa-Kruz oroli faunasini himoya qilish muammosiga qaratishni maqsad qilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi