Melburnda avtomobilning piyodalarni bosib ketishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 5 kishigacha oshdi

Avstraliyaning Melburn shahri markazida avtomobilning piyodalarni bosib ketishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 5 kishigacha yetdi. Bu haqda Avstraliya politsiyasi ma’lum qildi. Bu haqda "Reuters" axborot agentligiga asoslanib "Kun.uz" sayti yozmoqda.

Fojianing 5-qurboni uch oylik bola bo‘ldi, u voqeadan ikki kun o‘tib halok bo‘ldi. Yana 20 kishi jiddiy jarohatlangan.

Ta’kidlanishicha, 26 yoshli haydovchining piyodalarni bosib ketishi terrorchilik bilan bog‘lanmagan. Haydovchi ushlanishi vaqtida qo‘lidan yaralangan. Unga jarrohlik operasiyasi talab qilingan.

Bungacha voqea oqibatida 2 erkak, ayol va 10 yoshli qizcha halok bo‘lgandi. Politsiyada qurbonlar soni oshishi mumkinligi aytildi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar