
Soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash — davlat byudjeti barqarorligi va iqtisodiyot rivojining muhim omili hisoblanadi.
Shu maqsadda Zarbdor tumanida Majburiy ijro byurosi tomonidan soliq qarzdorligini bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Jizzax viloyati Soliq boshqarmasi qaroriga asosan, “Z.T” MCHJ 150 million so‘mlik soliq to‘lovini belgilangan muddatda amalga oshirmagani sababli, qarzdorlikni undirish yuzasidan ijro hujjati MIBning Zarbdor tumani bo‘limiga kelib tushdi.
Davlat ijrochilari tomonidan qarzdorning bank hisob raqamlariga band solinib, mol-mulklariga taqiq qo‘yildi. Ko‘rilgan majburiy ijro choralari natijasida korxona tomonidan 150 million so‘mlik soliq qarzi to‘liq to‘lab berildi.
Majburiy ijro byurosi tomonidan soliq qarzdorliklarini undirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Bunday chora-tadbirlar soliq intizomini mustahkamlash va davlat byudjetiga tushumlarni oshirishga xizmat qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.