11:32 / 26.01.2017
9 092

O‘zbekistonda naqd pul beruvchi bankomatlar o‘rnatiladi

O‘zbekistonda naqd pul beruvchi bankomatlar o‘rnatiladi

Markaziy bank bugungi kunda plastik kartadan naqd pul echib olish muammosini hal qilish bo‘yicha qator chora-tadbirlarni ko‘rmoqda. Bu haqda Nuz.uz saytiga asoslanib Sputnik agentligi ma’lum qildi.

Markaziy bank vakilining aytishicha, hozirda ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan O‘zbekistonga 2 ming dona infokiosk va ming dona bankomat etkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Ushbu qurilmalar bank bo‘limlari hamda xodimlari soni 50dan ortiq bo‘lgan kompaniya va korxonalarda o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda.

"Bundan tashqari, naqd pulsiz hisob-kitob tizimini rivojlantirishda ham davom etamiz. Tez orada respublikadagi barcha savdo va xizmat nuqtalari terminallar bilan ta’minlanadi. Ana shunda naqd pul muammosi ham barham topadi ", — dedi Markaziy bank vakili.

Faxriddin Boboyev shuningdek shahar va qishloq joylarda mini-banklar sonini oshirish rejasi ham borligini ma’lum qildi. Ilgari me’yorga ko‘ra 5 km radiusda bitta bank, uning bo‘limi yoki mini-bank etarli deb hisoblangan bo‘lsa, endilikda mazkur masofani 1 kmgacha qisqartirish ko‘zda tutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda naqd pul beruvchi bankomatlar o‘rnatiladi