
2017 yilda oylik ish haqi hamda pensiya miqdori kamida 10 foizga oshiriladi, deb xabar berdi Kun.uz sayti.
Xabarga ko‘ra, 26 yanvar kuni Harakatlar strategiyasi muhokamasiga bag‘ishlangan mediahaftalik doirasida ijtimoiy sohani rivojlantirishdagi ustuvor yo‘nalishlar ma’lum qilingan.
"Harakatlar strategiyasidagi ustuvor yo‘nalishlar asosida ish haqi, pensiyalarni bosqichma-bosqich ko‘tarish rejalashtirilayotgani ta’kidlandi. 2017 yilda ularning miqdorini kamida 10 %ga oshirish ko‘zda tutilmoqda", — deyiladi xabarda.
Shuningdek aholi daromadlariga nisbatan belgilanuvchi soliq yukini kamaytirish maqsad qilingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar