MIB: Sirdaryoda firibgardan 111 mln. so‘m jarima undirildi

MIB: Sirdaryoda firibgardan 111 mln. so‘m jarima undirildi
Qisqacha

Sirdaryo viloyatida firibgarlik qilgan shaxsga 111 mln so'm jarima belgilandi. Jarima to'lanmaganligi sababli, muloqotlar davomida qarzdorning mulki xatlangan. Natijada, 111 mln so'm jarima va 5,5 mln so'm ijro yig'imi to'liq undirilgan.

Fibirgarlik jinoyatini sodir etgan shaxsga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo viloyati Mirzaobod tuman sudining 2025 yil 10 iyundagi xukmiga asosan 111 mln. so‘m jinoiy jarima jazosi belgilanib, ijro qilishlik uchun Majburiy ijro byurosining Sirdaryo tuman bo‘limiga yuklatilgan.

Ijro harakatlari davomida, belgilangan ixtiyoriy muddatda jarima summasi to‘lanmaganligi bois, majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdorning mulki xatlangan.

Natijada, qarzdordan 111 mln. so‘m jarima puli xamda 5,5 mln. so‘m ijro yig‘imi to‘liq undirilib, ijro xujjati tamomlandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar