22:00 / 30.01.2017
8 803

Nigeriyada 230 nafar farzandi bor ota vafot etdi

Nigeriyada 230 nafar farzandi bor ota vafot etdi

Nigeriyada 130 nafar rafiqasi va 230 nafar farzandi borligi bilan mashhur bo‘lgan Alxoji Muhammad Abubakar Bello Masaba 93 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda "Kun.uz".

Imomlik qilgan erkak hayotligida "super ko‘p xotinli erkak" deb tan olingandi. Masaba intervyularidan birida jurnalistlarga uning hayotidagi eng qiyin ish – shunday katta oilani eplash bo‘lganini va bunda unga "Tangrining o‘zigina yordam berishini" tan olgan.

Masabaning ko‘p xotinlik borasidagi qarashlarini hamma ham ma’qullamagan. U 84 yoshda, xotinlari va farzandlari mos ravishda 86 va 170 nafar bo‘lganda, islom sudi undan Qur’onda aytilgandek, 4 nafar xotinni qoldirishni talab qilgan. Aksincha u o‘lim jazosiga tortilishi mumkin edi. Bunga javoban Masaba Qur’onda 4 nafardan ko‘proq xotinga ega bo‘lganlik uchun jazolash kerakligi haqida hech narsa aytilmagani vaj qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nigeriyada 230 nafar farzandi bor ota vafot etdi