06:57 / 02.02.2017
8 001

Xitoydagi hayvonot bog‘i xodimi zebra hujumiga uchradi

Xitoydagi hayvonot bog‘i xodimi zebra hujumiga uchradi

Xitoyning Guanchjou shahridagi hayvonot bog‘i xodimiga zebraning hujum qilishi videotasvirga olindi, deb yozadi Kun.uz sayti. Voqea guvohlari quturgan zebra erkakning qo‘lini tishlab, uni "mushuk boladay" u yoqdan-bu yoqqa silkitayotganining guvohi bo‘lishgan.

Yordamga uzun kaltaklar bilan etib kelgan boshqa ishchilarning o‘z hamkasblariga yordam berishga urinishlari besamar ketgan, zebra erkakni bir qo‘lidan tishlagancha butalar orasiga qochib ketgan, ishchilar esa uning ortidan quvlab ketishgan. Hujum yovvoyi hayvonlarni katta ekranda tomosha qilayotgan odamlar ko‘z o‘ngida yuz bergan.

Ushbu voqea Xitoydagi boshqa bir hayvonot bog‘ida yuz bergan shunga o‘xshash fojiadan uch kun o‘tib sodir bo‘lgan. O‘sha voqeada hayvonot bog‘iga tashrif buyurgan bir erkak yo‘lbarslar saqlanadigan volerga kirganda yirtqichlar tomonidan tilka-pora qilib tashlangan. Bu holat erkakning rafiqasi va farzandi ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan. Erkak olingan jarohatlardan vafot etgan.
[media=https://youtu.be/6DhrVzWx7Pg]

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xitoydagi hayvonot bog‘i xodimi zebra hujumiga uchradi