date

Maishiy chiqindilarni olib ketish xizmatlari uchun to‘lovlar undirilmoqda

Maishiy chiqindilarni olib ketish xizmatlari uchun to‘lovlar undirilmoqda

Maishiy chiqindilarni vaqtida yig‘ish — hududlarda tozalik, sog‘lom muhit va sanitariya talablariga amal qilinishida asosiy omil hisoblanadi. Biroq, ayrim mijozlarning xizmat haqi bo‘yicha qarzdorliklari sabab, bu tizimda uzilishlar yuzaga kelmoqda.

Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari maishiy chiqindilarni olib ketish uchun to‘lovlar bo‘yicha qarzdorliklarni undirishda xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar bilan hamkorlikda undiruv ishlarini olib bormoqda.

Dastlab qarzdorliklarni ixtiyoriy to‘lash uchun muddatlar berilib, tushuntirish ishlari olib boriladi. Qarzdorlik to‘lanmagan hollarda esa majburiy ijro harakatlari amalga oshiriladi, mol-mulklarni xatlash choralari ko‘rib boriladi.

Ushbu tadbirlardan ko‘zlangan maqsad, qarzdorliklarni undirish bilan birga aholining to‘lov intizomini oshirish, kommunal tarmoqlar barqarorligini ta’minlash hamda tozalik tizimidagi xizmatlar uzluksizligini saqlab qolishdir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Maishiy chiqindilarni olib ketish xizmatlari uchun to‘lovlar undirilmoqda