Xitoydagi qishloqlardan biriga 14 yovvoyi fil bostirib kirdi

Xitoydagi qishloqlardan biriga 14 yovvoyi fil bostirib kirdi
Xitoydagi qishloqlardan biriga 14 yovvoyi fil bostirib kirdi

O‘n to‘rt och yovvoyi fil yemish qidirib, Xitoyning janubi-g‘arbidagi Yunnan provinsiyasidagi qishloqqa bostirib kirdi. Bu haqda Sinxua agentligiga tayanib Kun xabar berdi.

Xitoyda Osiyo yovvoyi fillari qo‘riqlanuvchi jonivorlar hisoblanadi. Ular asosan Sishuanbann okrugi, shuningdek Pauer va Linsan shaharlarida yashaydi. Qish mavsumida yegulik yetishmovchiligi ularni yaqin atrofdagi qishloqlardan yemish izlashga majbur qiladi.

O‘rmon polisiyasi xabarlariga ko‘ra, seshanba kuni ertalab 14 yovvoyi fil Sinshuanbann-Day avtonom tumanidagi Menxay uezdi, Mandan qishlog‘iga bostirib kirgan.

Fillar 26 yanvardan shu hudud atrofida dalalar va fermer xo‘jaliklari yaqinida yemish izlab aylanib yurishgan. Fillar bir necha jo‘ja va g‘ozlarni bosib, qishloq ekinlarini eb ketishgan.

Politsiya xavfdan ogohlantirish va transport politsiyasiga xabar berish, shuningdek mahalliy aholini evakuatsiya qilish uchun maxsus personalini yo‘naltirgan. Hukumat jonivorlarni kuzatish uchun drondan foydalangan.

O‘rmon xo‘jalik boshqaruvi ma’lumotlariga ko‘ra, 2011 yildan 2015 yilga qadar Yunnan provinsiyasida fillarning bostirib kirgani to‘g‘risidagi 48 000 holat qayd etilgan. Buning natijasida 18 kishi halok bo‘lgan, 27 nafari jarohat olgan, iqtisodiy ziyon esa taxminan 14 million dollarni tashkil qilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar