09:36 / 11.02.2017
10 181

Nasiba Maqsudova haqida xotira ko‘rsatuvi suratga olinyapti

Nasiba Maqsudova haqida xotira ko‘rsatuvi suratga olinyapti

Avvalroq, o‘zbek televideniesining taniqli suhandoni, 50 dan ortiq ko‘rsatuvlar muallifi va boshlovchisi, oliy toifali diktor, “Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindori, “Shuhrat” medali sohibasi Nasiba Maqsudova 8 fevral kuni 68 yoshida vafot etgani haqida xabar bergan edik.

Insultga chalinib, ma’lum vaqt shifoxonada davolangan Nasiba Maqsudova muolajalarni uyida davom ettirayotgan vaqtida yurak xurujini ham boshidan kechirgan edi.

Maqsudovaning oxirgi 10 yillikdagi faoliyati xususiy telekanallar bilan bog‘langani ko‘pchilikka ma’lum. “Diydor shirin” ko‘rsatuvi oynai jahon orqali namoyish etib kelinayotganiga ham bu yil 10 yil to‘ldi.

Kecha, 10 fevral kuni Nasiba Maqsudova so‘nggi manzilga kuzatildi.

Diktorning vafoti uning yaqinlari, oila a’zolari, do‘stlari, hamkasblari qatori, o‘zbek tomoshabinini, Maqsudovani tanigan ettidan etmishgacha bo‘lgan muxlislarni chuqur qayg‘uga soldi.

Bugun, 11 fevral kuni Nasiba Maqsudovaning ikkinchi uyiga aylanib qolgan “My5” telekanalida suhandonning xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rsatuv suratga olinadi, deb yozadi “Qalampir” sayti. “Diydor shirin”ning maxsus soni sifatida tayyorlanayotgan mazkur dasturda taniqli diktorlar, Nasiba Maqsudovani yaqindan bilgan do‘stlari, shogirdlari ishtirok etishi kutilmoqda. Dasturni Maqsudovaning suyukli shogigrdlaridan Anvar Azimov olib boradi.

Ma’lumotlarga qaraganda, diktor Nasiba Maqsudova haqida xotira ko‘rsatuvi 11 fevral, yakshanba kuni efirga uzatiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nasiba Maqsudova haqida xotira ko‘rsatuvi suratga olinyapti