
Dominikana Respublikasida chop etiladigan El Nacional nashri o‘z sahifalaridagi maqolada AQSh prezidenti Donald Tramp qiyofasidagi aktyor Alek Bolduinni Trampning o‘zi bilan adashtirib qo‘yib, aktyorning suratini chop etgan, deb yozadi Kun nashri. Keyinroq El Nacional nashri bu xatosi uchun uzr so‘ragan.
"El Nacional barcha gazetxonlar va bu maqola kimnidir ranjitgan bo‘lsa, barchadan uzr so‘raydi", deyilgan nashrda.
Taniqli aktyorning Tramp qiyofasidagi surati AQShdagi ommaviy Saturday Night Live ko‘rsatuvidan olingan bo‘lgan.
Yanvarda Bolduin Trampning rus tiliga tarjima qilingan shiori tushirilgan besybolkadagi fotosini chop etgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar