Hindistonning Haydarobod shahri aeroportida mahalliy fuqaro to‘g‘ri ichagida 1,2 kilogramm oltinni olib o‘tishga harakat qilgani uchun hibsga olindi. Bu haqda Kun xabar berdi.
Bojxona xodimlarida Singapurdan uchib kelgan shaxsning noodatiy qadam tashlashi shubha uyg‘otgan. Tintuv jarayonida esa yo‘lovchidan 800 gramm tilla topildi – u nur diodli lampochkalar ichida berkitib qo‘yilgan bo‘lgan. Shundan so‘ng bu shaxsni rentgendan o‘tkazishga qaror qilindi. Skaner esa uning to‘g‘ri ichagida 12ta oltin yombisi borligini ko‘rsatdi.
Qo‘lga olingan shaxsda umumiy hisobda ikki kilogramm qimmatbaho metal topildi. Ularning taxminiy qiymati 87 ming dollar atrofida.
Rajiv Gandi nomidagi aeroport vakili qo‘lga olingan shaxs tilla olib o‘tish bo‘yicha tajribali jinoyatchi ekanini bildirgan. «Kamdan-kam kam odam to‘g‘ri ichagida oltin yombilarni olib o‘tishga harakat qiladi», - deya ta’kidlab o‘tgan ekspert.
Ma’lumki, Hindistonda tilla Singapur yoki Dubayga qaraganda qimmatroqqa baholanadi. Bu esa uni kontrabanda uchun yaxshi nishonga aylantiradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?