20:59 / 16.02.2017
12 048

Endi svetoforning qizil chirog‘i yonganda ham harakatlanish mumkin

Endi svetoforning qizil chirog‘i yonganda ham harakatlanish mumkin

O‘zbekistonning Farg‘ona va Jizzax shaharlarida svetoforning qizil chirog‘i yoqiq turgan holatda o‘ng tarafga burilish imkoniyati borligi haqida ma’lum qiluvchi maxsus yozuvlar paydo bo‘ldi, deb yozadi "Qalampir.uz". Xabarlarga ko‘ra, bunday yozuvlar taxminan 20 kun avval o‘rnatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, hozircha sinov tizimida yo‘lga qo‘yilgan bu harakat yaqinda Toshkent shahrida ham amal qilishi mumkin.

“Svetoforning qizil chirog‘ida o‘ng taraf yo‘lga burilish” qoidasi boshqa avtomobillar va yo‘lovchilarga yo‘l bergan tarzda, taqiqlangan chiroq yoqiq turgan holatda o‘ng tarafga burilish imkonini beradi. Dunyoning ko‘plab davlatlarida muvaffaqiyatli tarzda foydalaniluvchi bu qoida tirbandliklar yuzaga kelishining oldini oladi. Yaqinda O‘zbekiston ham ana shunday mamlakatlar qatoriga kiritilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi svetoforning qizil chirog‘i yonganda ham harakatlanish mumkin