date

Mobiuz xususiylashtirilishi: yakuniy uchtalikka qo‘shimcha muddat berildi

Mobiuz xususiylashtirilishi: yakuniy uchtalikka qo‘shimcha muddat berildi

“Universal Mobile Systems” MCHJ (Mobiuz) ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirish jarayoni hal qiluvchi bosqichga kirdi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lumotiga ko‘ra, savdo jarayonida xorijiy investorlardan 10 ta majburiyatsiz taklif kelib tushgan, 7 ta talabgor esa yakuniy bosqichga o‘tkazilgan.

Eng muhim jihati — belgilangan muddat, ya’ni 2025 yil 19 dekabrgacha 6 ta talabgor majburiyatga ega (qat’iy narx) takliflarini taqdim etgan. Shu takliflar tahlil qilinib, sotib olish qiymati va bitimning boshqa asosiy shartlari bo‘yicha eng raqobatbardosh deb topilgan 3 ta nomzod ajratib olingan. Endi aynan shu “yakuniy uchtalik”ka takliflarini yanada yaxshilash uchun 2026 yil 23 yanvar soat 23:59 gacha qo‘shimcha vaqt berildi.

Eslatib o‘tamiz, Davaktiv 2025 yil avgust oyida Mobiuz xususiylashtirilishiga 15 ta xalqaro va mahalliy kompaniya qiziqish bildirganini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, Bloomberg iyul oyida manbalarga tayanib, O‘zbekiston hukumati mazkur bitimdan taxminan 300 mln dollar tushum kutayotganini yozgan — bu raqam keyinchalik mahalliy OAVda ham tilga olingan.

Endi intriga oddiy: 23 yanvargacha takliflar “qay darajada qiziydi” va yakunda qaysi ishtirokchi eng yaxshi narx va shartlar bilan oldinga chiqadi. Telekom bozorida raqobat kuchaysa, odatda, yutqazadigan tomon bitta — eski sifat. Qolgani esa foyda: investitsiya, tarmoq modernizatsiyasi va xizmatlar yaxshilanishi uchun imkoniyatlar ochilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Mobiuz xususiylashtirilishi: yakuniy uchtalikka qo‘shimcha muddat berildi