23:15 / 18.02.2017
7 028

2020 yilga kelib insoniyatning necha foizi internetga kira olishi ma’lum qilindi

2020 yilga kelib insoniyatning necha foizi internetga kira olishi ma’lum qilindi

2020 yilga kelib insoniyatning 60 foizi, ya’ni 4,1 mlrd kishi internetga kira oladi, deb hisoblamoqdalar Xalqaro elektr aloqa ittifoqi (ITU) mutaxassislari.

ITU ma’lumotlariga ko‘ra, 1989 yilda ixtiro qilingan internetdan 2015 yil holatiga ko‘ra sayyoramizning 43 foiz aholisi (3,2 mlrd kishi) kira olgan, vaholanki bu ko‘rsatkich 1995 yilda bor-yo‘g‘i 1 foiz atrofida bo‘lgan, deb yozmoqda Kun nashri.

ITU hisob-kitoblariga ko‘ra, 2016 yilda Amerika qit’asining 65 foiz aholisi internetga kira olgan. MDHda bu ko‘rsatkich 66 foizni, Afrikada – 25 foiz, Evropada – 79 foiz, Osiyo va Okeaniyada – 42 foiz, arab dunyosi davlatlarida 41 foizni tashkil qilgan.

Internetdan faol foydalanuvchi davlatlar o‘ntaligi quyidagichadir: Xitoy, Hindiston, AQSh, Braziliya, Yaponiya, Rossiya, Nigeriya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Meksika.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2020 yilga kelib insoniyatning necha foizi internetga kira olishi ma’lum qilindi