YTH mahalliy vaqt bilan tonggi soat 6:00 atrofida ro‘y bergan. «Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 90-mintaqa davlat raqamiga ega Kia Rio rusumli avtomobil qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketgan va 163-mintaqa davlat raqamiga ega bo‘lgan Nissan Almera mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Oqibatda ikki haydovchi va Kia avtomashinasidagi 4 nafar yo‘lovchi hayotdan ko‘z yumgan. Nissan mashinasida faqat haydovchining o‘zi bo‘lgan», — deya aniqlik kiritgan agentlik suhbatdoshi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Kia Rio salonida 3 erkak va 2 ayol bo‘lgan, ular O‘zbekiston fuqarolari bo‘lganligi xabar qilinmoqda.
Halokat bo‘yicha tergov ishlari boshlab yuborilgan.




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar