So‘nggi kunlarda O‘zbekiston viloyatlari ma’muriy markazlarida “Damas” rusumli avtomobillarda yo‘lovchilarni tashishni taqiqlash haqida qarorlar qabul qilingani haqida mish-mishlar yuribdi. Shu masalada yuborilgan murojaatlardan birida bunga oydinlik kiritib berish so‘raldi.
Ushbu masalaga oydinlik kiritish uchun O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hamda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati bilan Kun.uz nashri bog‘landi.
O‘zbekiston Avtomobil va daryo transporti agentligining rasmiy xatida ma’lum qilinishicha “O‘zbekiston Respublikasining Urganch, Buxoro, Samarqand, Qo‘qon, Toshkent, Guliston shaharlarida aholiga qulay shart-sharoit yaratish ularga transport xizmatlari xavfsizligini oshirish maqsadida “Damas” avtomobillarini bosqichma-bosqich qatnovdan chiqarib o‘rniga mikroavtobus va avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yilgan”.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 10 yanvardagi qaroriga muvofiq 2017-2021 yillarda 303ta yangi avtobus yo‘nalishini tashkil etish, 2912ta yangi avtobus va 5700ta mikroavtobus xarid qilish, 37ta avtostansiya qurish, 37ta avtovokzal va avtostansiyani rekonstruksiya qilish bo‘yicha tarmoq jadvallari ishlab chiqilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan tasdiqlandi hamda ularga ijro etishga kirishildi.
Agentlik respublika aholisining avtobuslarda tashishlarga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish maqsadida 2017 yil mobaynida 86ta avtobus yo‘nalishini ochish rejalashtirilganini xabar qildi. Shulardan 26tasi shaharda, 44tasi shahar atrofida va 16tasi shaharlararo yo‘nalishlardir.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 9 martdagi "Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish to‘g‘risida"gi 303-sonli qaroriga asosan avtomobil transportida yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofi, shaharlararo, xalqaro yo‘nalishlarda tijorat asosida tashish faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati bunga quyidagicha izoh berdi: “Buning sababi shundaki, uyushmaga a’zo bo‘lgan haydovchilar har kuni yo‘nalishga chiqishdan oldin haydovchi tibbiy ko‘rikdan, transport vositasi esa texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Boshqacha aytganda haydovchini ham, transport vositasining texnik xolatini ham doimiy nazorat qilish imkoniyati tug‘iladi, bu xolatlarga javobgar bo‘lgan, uni nazorat qiladigan mas’ul shaxslar bo‘ladi, haydovchining oldiga esa bitta vazifa qo‘yiladi, u ham bo‘lsa “Yo‘l harakati qoidalari”ga qat’iy amal qilgan holda harakatlanish. Demakki, o‘z-o‘zidan yo‘lovchilarning xavfsizliklarini ta’minlash kafolati ortadi”.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati yuqoridagi murojaatga “avtomobilning rusumidan qat’iy nazar yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat beruvchi barcha me’yoriy hujjatlarga ega bo‘lgan uyushmalarga hech qanday taqiq va cheklovlar o‘rnatilmagan”, deya ma’lum qildi.
Xulosa shundan iboratki, yuborilgan rasmiy javobga ko‘ra, Urganch, Buxoro, Samarqand, Qo‘qon, Toshkent, Guliston shaharlarida “Damas” avtomobillarini bosqichma-bosqich qatnovdan chiqarib, o‘rniga mikroavtobus va avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?