00:40 / 22.02.2017
9 122

​Energetiklar: ularning zarari bormi?

​Energetiklar: ularning zarari bormi?

Bugun yoshlar orasida turli energetik ichimliklar urfga kirgan. Ularning inson salomatligi uchun zarari yo‘qmi?

Marxabo Kenjaeva, Toshkent sh.

Qamariddin BOQIEV, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi mutaxassisi:

— Energetik ichimliklarning haddan ortiq iste’moli kishi salomatligi uchun salbiy ta’sir qilishi, shubhasiz.

Birinchidan, bu turdagi ichimliklarni bir kunda ko‘pi bilan ikki banka iste’mol qilish mumkin xolos. Me’yordan ziyodi arterial bosimni oshirib, qondagi shakarning ortishiga olib keladi. Yurak-qon tomir, gipertoniya singari xastaliklari bor kishilar energetiklarni umuman ichmaganlari ma’qul.

Ikkinchidan, energetiklardagi vitaminlar organizmimiz uchun zarur bo‘lgan multivitamin kompleksning o‘rnini bosa olmaydi. Qolaversa, energotonik kishiga quvvat bermaydi, aksincha organizmning ichki rezervi ishlatilishini faollashtiradi. Natijada, kishi ichimlik ta’siri o‘tgach charchoq, uyqusizlik, asabiylik va tushkunlik kabi holatlar paydo bo‘ladi. Ko‘pgina quvvat beruvchi ichimliklarda uchraydigan V vitamini ko‘pligi tufayli iste’molchida vaqt o‘tishi bilan yurakning tez urishi, bo‘g‘inlarda uvishish kabi holatlar paydo bo‘lishi mumkin.

Uchinchidan, energetikdagi kofein kishini o‘ziga o‘rgatib qo‘yishi, oqibatda asab tizimi kasalliklarini keltirib chiqarishi bilan ham xavfli. Quvvat beruvchi ichimlikning ta’siri 3-5 soat davomida saqlanib, keyin organizm dam olishi shart. Jumladan, sport bilan shug‘ullanuvchilarning mashg‘ulotlardan so‘ng, odatda, siydik haydash xususiyatiga ega energetik iste’mol qilishi mumkin emas.

To‘rtinchidan, energotoniklarning me’yoridan ortiq iste’moli organizmda taxikardiya, psixomotor qo‘zg‘alish, asabiylik va tushkunlik kabilarning surunkali tus olishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » ​Energetiklar: ularning zarari bormi?