10:14 / 23.02.2017
7 407

​Namanganlik fuqaro mast holatda mahalladoshini o‘ldirib qo‘ydi

​Namanganlik fuqaro mast holatda mahalladoshini o‘ldirib qo‘ydi

Namangan viloyati Norin tumanida Toshloq QFYda yashovchi, ishlamaydigan, 1961 yilda tug‘ilgan fuqaro mast holda, uyida o‘zaro janjal oqibatida 1983 yilda tug‘ilgan ishlamaydigan, mahalladoshining tanasining turli joylariga urib, tepib og‘ir jarohat etkazgan. Natijada fuqaro kasalxonaga yotkazilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqda Darakchi.uz yozmoqda.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir jarayonida mahalladoshining qotiliga aylangan shaxs ushlandi. Unga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Spirtli ichimlikka ruju qo‘yilmaganida ushbu qotillik jinoyati sodir etilmagan bo‘lardi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » ​Namanganlik fuqaro mast holatda mahalladoshini o‘ldirib qo‘ydi