Dunyo bo‘ylab sayohat qilishni har bir kishi orzu qilsa kerak?! Sayohatni foydali mashg‘ulot bilan o‘tkazadiganlar haqida ham ko‘p eshitganmiz. Bugun biz sayohat qila turib, qo‘shimcha daromad qiluvchi va mashhurlikka erishgan qiz haqida ma’lumot taqdim etmoqchimiz.
Amerikalik Kassandra De Pekol juda qisqa muddat ichida dunyoni aylanib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Bu sayohat orqali De Pekol bir necha rekordni ham o‘rnatdi. Kassandra De Pekol dunyoning barcha suveren mamlakatlariga tashrif buyurgan ayol, dunyoning barcha mamlakatlariga tashrif buyurgan ilk amerikalik ayol, sayyorani sayohat qilgan eng yosh amerikalik fuqaro hamda barcha mamlakatlarni tez muddatda aylanib chiqqan sayohatchi sifatida Ginnes rekordini qayd etdi, deb yozadi Qalampir.uz.
Kassandra De Pekol 1,5 yil mobaynida 196 ta mamlakatda bo‘ldi. Uning “Expedition 196” sayohatining xarajatlari homiylar tomonidan qoplandi.
Kassandra De Pekol sayyoramizni aylanib chiqqan sayohatchi sifatida dunyodagi 10 ta eng yaxshi mamlakatlar nomini ma’lum qildi. Bu mamlakatlarga tashrif buyurish sababini ham izohladi. Ro‘yxatni AQSh ochib beradi. “U erdagi kuzning o‘zgacha tarovatini har bir inson his qilib ko‘rishi kerak”, deydi De Pekol.
Ro‘yxatning keyingi pog‘onasida Kosta-Rika joylashgan. Bu erning mevalari, hayvonot olami, musiqasi, vulqonlarning otilishi kishini o‘ziga jalb etadi.
Tropik o‘rmonlari bilan mashhur Peru ham ro‘yxatdan o‘rin egallagan. De Pekol bir muddat Peruda ham yashagan. Katta hajmdagi arxeologik ob’ektlar makoni hisoblangan Tunis shimoliy Afrika madaniyati bilan tanishish imkoniyatini beradi.
Ummon davlati ham cho‘l va tog‘ni sevadiganlar uchun eng yaxshi joy ekanligini ta’kidlagan De Pekol bu erdagi odamlarning yashash tarzi boshqacha ekanligini qo‘shimcha qildi.
Osiyo madaniyatini his qilish uchun Pokistonga tashrif buyurish etarli. Bu erning taomlari ham o‘zgacha. Tinch okeanining janubiy qismi Vanuatu mehribon va ochiqko‘ngil odamlari bilan Kassandraning e’tiborini tortdi.
So‘zsiz Maldiv orollari bu ro‘yxatdan joy olishi lozim edi. Oppoq qum, tiniq suv haqiqiy hordiq chiqarishni istaganlar uchun eng ma’qul joy.
Ro‘yxatning keyingi qatorlaridan Butan va Mo‘g‘uliston joy olgan. Bu mamlakatlarga sayohat orqali tabiat bilan yanada yaqinlashish mumkin.
Kassandra De Pekolning bu sayohatiga 200 ming dollar atrofida mablag‘ sarflandi. U 250 marta havoda uchishga muvaffaq bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”