Mo‘ynoqda MIB orqali salkam 100 ming dollar undirildi

Mo‘ynoqda MIB orqali salkam 100 ming dollar undirildi
Qisqacha

Mo'ynoq tumanida qarzdor korxonadan “WUDI HUAYI BIOLOGICAL TECHNOLOGI CO” MCHJ foydasiga 92 737 AQSH dollari undirildi. Qarzdorning bank hisob raqamlariga inkasso qo'yilib, “Lacetti” rusumli avtomobili xatlandi va elektron auksionda 82 083 000 so'mga sotildi. Qarzdorlikning qolgan qismi bank hisob raqamlaridan majburiy tartibda undirilib, mablag'lar joriy yilning 30 yanvar kuni undiruvchiga o'tkazib berildi.

Majburiy ijro byurosi Mo‘ynoq tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjatiga asosan qarzdor korxonadan undiruvchi — “WUDI HUAYI BIOLOGICAL TECHNOLOGI CO” MCHJ foydasiga jami 92 737 AQSH dollari undirilishi belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tumanlararo sudining 2024 yil 21 noyabrdagi qaroriga asoslangan.

Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida davlat ijrochisi tomonidan qarzdor korxonaning bank hisob raqamlariga inkasso qo‘yilib, unga tegishli “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda xatlandi va elektron auksion savdolariga chiqarildi.

O‘tkazilgan savdolarda avtomashina 82 083 000 so‘mga sotildi. Qarzdorlikning qolgan qismi esa qarzdorning bank hisob raqamlaridan majburiy tartibda undirildi.

Undirilgan pul mablag‘lari joriy yilning 30 yanvar kuni undiruvchi tomonga o‘tkazib berildi. Natijada tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklanishi ta’minlandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar