Toshkent shahrida huquq-tartibot idoralari vakillari yakuniy maqsadi o‘z joniga qasd qilish bo‘lgan «Ko‘k kit» o‘yinida 15-darajaga o‘tgan 5 nafar maktab o‘quvchisini «o‘lim guruhi»dan saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB vakili «Toshkent» telekanalining «Poytaxt» dasturiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi «Daryo» nashri.
«Pravda Vostoka» nashrining qayd etishicha, virtual kengliklarni nazorat qilish o‘ta mushkul, ba’zan hatto ota-onalar ham farzandlari aynan qaysi saytlarga kirayotganligini bilmasligi mumkin. Xususan, bir necha oydan beri «Ko‘k kit» o‘yiniga (uning «Meni 4:20 da uyg‘ot», «Feya» kabi ko‘plab nomlari bor) qiziqish kuchaygani kuzatilmoqda.
Bola yoki o‘smir o‘yinda ishtirok etishga rozi bo‘lishi bilan unga turli topshiriqlar berish boshlanadi. Avvaliga ular xavfsizdek tuyuladi. Masalan, kit yoki karkidonning suratini chizish, tongda turish va shunga o‘xshash, biroq daraja oshib borgan sari vazifalar murakkablashib, xatarli tus ola boshlaydi. Bolalardan gazni yoqib qo‘yish va uxlash yoki harakatlanayotgan transport oldidan yugurib o‘tish so‘raladi.
Joylarda bolalar va o‘smirlarni bu kabi «o‘yin»lardan asrashga qaratilgan qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, ruhshunoslarning nafaqat bolalar, balki ota-onalar bilan muloqotlari faollashdi. Barcha ta’lim muassasalari, mahalla fuqarolar yig‘inlarida tegishli mutaxassislar ishtirokida seminarlar, davra suhbatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”