14:28 / 02.03.2017
7 164

Farg‘onada mast kishi sigaret chekib uxlab qolishi natijasida uyi yonib, kul bo‘ldi

Farg‘onada mast kishi sigaret chekib uxlab qolishi natijasida uyi yonib, kul bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi o‘tgan hafta davomida respublika bo‘ylab qayd etilgan yong‘inlar haqida ma’lumot berdi, deb yozadi “Qalampir” nashri.

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqaro O‘.Mamatovning uyida elektr isitish moslamasidan foydalanilib, nazoratsiz qoldirilishi oqibatida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 120 kv metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida yashagan fuqaro A.Malikovaning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 100 kv metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘inni o‘chirish vaqtida uy egasinining kuygan holdagi jasadi topilgan hamda kelini kuyish tan jarohati olgan holda shifoxonaga yotqizilgan.

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yashovchi fuqaro R.Eshmatovning uyida isitish pechining dudburoni qizib ketishi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 90 kv metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaro I.Dmitriev uyida mast holda sigareta chekib uxlab qolishi natijasida 2 kv metr maydonda uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida uy egasi kuyish tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada mast kishi sigaret chekib uxlab qolishi natijasida uyi yonib, kul bo‘ldi