date

Andijonda ona va bolaning uy-joyga kirish huquqi tiklandi

Andijonda ona va bolaning uy-joyga kirish huquqi tiklandi

Sud hujjati ijrosini ta’minlash doirasida Majburiy ijro byurosi Bo‘ston tuman bo‘limi tomonidan ona va uning voyaga yetmagan farzandini uy-joyga joylashtirishga qaratilgan ijro harakatlari amalga oshirildi.

Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudining 2025 yil 15 sentyabrdagi ijro varaqasiga asosan fuqaro J.B. 2020 yil 12 sentyabrda tug‘ilgan voyaga yetmagan X.M. ismli farzandi bilan birga J.J. mulki hisoblangan va boshqa javobgarlar foydalanib kelayotgan Bo‘ston tumani Yangiobod mahallasi, Yangiobod ko‘chasida joylashgan uy-joyga majburiy tartibda kiritilishi belgilangan.

Ijro jarayonida davlat ijrochisi tomonidan qonunchilikda nazarda tutilgan barcha zarur tadbirlar ko‘rilib, eng avvalo bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlari ustuvor tarzda ta’minlandi. Ijro harakatlari mahalla faollari, shuningdek, tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida o‘tkazildi.

Yakunda ona o‘zining voyaga yetmagan farzandi bilan belgilangan uy-joyga kiritilib, sud qarori ijrosi to‘liq ta’minlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda ona va bolaning uy-joyga kirish huquqi tiklandi