08:22 / 04.03.2017
8 224

Rossiyada yo‘lbarslarni olib ketayotgan yuk mashinasi yo‘l-transport hodisasiga uchradi

Rossiyada yo‘lbarslarni olib ketayotgan yuk mashinasi yo‘l-transport hodisasiga uchradi

Rossiyaning Orenburg viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, favqulodda xizmatlar Volgograddan Ufaga olib ketilayotgan noyob zotdagi yo‘lbarslarni qutqarish bo‘yicha operasiyani o‘tkazishgan.

Orenburg viloyati Buguruslan shahri polisiyasiga bir erkak murojaat qilib, yo‘lbarslarni Volgograddan Ufadagi sirkka tashish uchun GLONASS tizimi bilan jihozlangan yuk mashinasini ijaraga berganini ma’lum qilgan.

Uning aytishicha, u navigasiya tizimi orqali mashina yo‘lda bir necha soat harakatsiz turganini aniqlagan. Yuk mashinasiga oziqa yuklangan yana bir mashina hamrohlik qilgan, deb yozadi Kun nashri.

"Voqea joyiga yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi xodimlari chiqishgan. Mashina yo‘lning chetidagi qiyalikda aniqlangan. Voqea joyida na haydovchi, na ikkinchi mashina aniqlangan. Fura ichidan tovushlar kelgan", deb aytildi polisiyada.

Voqea joyiga Ufadan hayvon o‘rgatuvchi kelgan. Yuk mashinasi ichida 5 ta yo‘lbars bo‘lgan.

Voqea joyida yirtqich hayvonlarni qutqarish bo‘yicha operasiya tashkillashtirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyada yo‘lbarslarni olib ketayotgan yuk mashinasi yo‘l-transport hodisasiga uchradi