11:26 / 04.03.2017
6 729

O‘zbekiston OTB bilan yo‘l va suv ta’minoti bo‘yicha 573 million dollarlik 4 loyihani amalga oshiradi

O‘zbekiston OTB bilan yo‘l va suv ta’minoti bo‘yicha 573 million dollarlik 4 loyihani amalga oshiradi

Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakao O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Uchrashuvda OTB delegasiyasining O‘zbekiston vazirliklari va idoralarida o‘tkazgan uchrashuvlari yakuni bo‘yicha bankning 573 million dollarlik mablag‘ini jalb qilgan holda kichik biznes, meva-sabzavotchilik sohalari, suv ta’minoti tizimi va avtomobil yo‘llari infratuzilmasini rivojlantirishga doir 4 loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.

O‘zbekistonga tashrifi davomida Takexiko Nakao Samarqand, Buxoro va Toshkent viloyatlarida bo‘lib, Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilgan investisiya loyihalarining natijalari bilan tanishdi, deb yozadi "Qalampir" nashri.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot bankining hamkorlik portfeli umumiy qiymati 14 milliard dollardan ziyodni tashkil etuvchi 59 loyihani o‘z ichiga olgan bo‘lib, ularni moliyalashtirish uchun bankning 6 milliard dollardan ko‘proq mablag‘i jalb qilingan.

Tollimarjon va Taxiatosh issiqlik elektr stansiyalarida zamonaviy bug‘-gaz qurilmalarini barpo etish, yuqori voltli elektr uzatish liniyalarini modernizasiya qilish, qishloq joylarda namunaviy uy-joy qurish, O‘zbekistonning turli hududlarida suv ta’minoti tizimi va sanitariya ob’ektlarini rekonstruksiya qilish, Amu-Buxoro mashina kanali tizimini qayta tiklash, Maroqand-Qarshi temir yo‘lini elektrlashtirish, kichik biznesni, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va boshqa loyihalar Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilgan va amalga oshirilayotgan yirik loyihalar sirasiga kiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston OTB bilan yo‘l va suv ta’minoti bo‘yicha 573 million dollarlik 4 loyihani amalga oshiradi