date

Uy-joy nizosi majburiy ijro etish yo‘li bilan hal etildi

Uy-joy nizosi majburiy ijro etish yo‘li bilan hal etildi
Majburiy ijro byurosi Shahrixon tuman bo‘limi tomonidan sudning turar-joydan ko‘chirish bilan bog‘liq ijro hujjati ijrosi yuzasidan majburiy ijro harakatlari amalga oshirildi.

Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlaro sudining 05.07.2025 yildagi ijro varaqasiga asosan javobgarlar T.E. va boshqalar Shahrixon tumani, Markaz MFY, Boyto‘pi ko‘chasida joylashgan uyning bir qismidan ko‘chirilishi belgilangan.

Ijro hujjatiga muvofiq, qarzdorlarga sud qarorini ixtiyoriy ravishda bajarishi uchun qonunchilikda belgilangan muddat berilgan.

Biroq, javobgarlar tomonidan ijro hujjati talabi belgilangan muddatda bajarilmaganligi sababli davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro choralari ko‘rildi.

Ijro harakatlari xolislar ishtirokida belgilangan tartibda o‘tkazildi. Jamoat tartibini ta’minlash maqsadida tegishli idoralar va mutasaddi tashkilotlar jalb etildi.

Ijro harakatlari natijasida sud qarori ijrosi ta’minlanib, fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Uy-joy nizosi majburiy ijro etish yo‘li bilan hal etildi