Meksikaning kurort shaharlaridan biridagi Kabo-San-Lukasdagi qimmatbaho restoranlardan biri o‘z mijozlariga dunyodagi eng qimmat tako taomini 25 ming dollardan taklif qilmoqda.
Tako makka yoki bug‘doy unidan yopilgan non va uning ichiga o‘raladigan turli masalliqlardan iborat taom hisoblanadi. Oddiy tako bir necha pesodan 2-3 dollargacha turadi.
Taklif qilinayotgan eng qimmat takoda oddiy takodan faqatgina zog‘ora non qolgan. Uning ichiga solingan qiyma esa oltin yormalar, yapon marmar mol go‘shti – kobe, langust, beluga ikrasi, bri pishlog‘i va qora tryufeldan tayyorlangan. Bu tako chili garmdorisi va oliy sifatdagi tekila ichimligi asosida tayyorlangan qayla bilan birga tortiq qilinadi, deb ma’lum qilmoqda Capital Mexico portali.
Hozircha bunday antiqa tako tayyorlanayotgan Frida restorani bosh oshpazidan uning qimmatbaho taomiga birorta buyurtma berilgani haqidagi ma’lumot berilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»