
O‘zbekiston IIV maxsus guruhi Toshkent shahar Uchtepa tumani ichki ishlar bo‘limida faoliyat yurituvchi profilaktika nozirini yirik miqdorda pora olayotgan vaqtda ashyoviy dalil bilan qo‘lga oldi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, profilaktika inspektori “Jizzax Siti” kafesida qoidabuzarlik qilgan jinoyatchini qo‘lga olgach, unga nisbatan ochilgan ishni “yopdi-yopdi” qilish uchun 700 ming so‘m miqdorida pora talab qilgan. Olib borilgan tezkor tadbir natijasida nopok milisiya xodimi pulni olayotgan vaqtda ashyoviy dalil bilan birga qo‘lga olingan. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilmoqda.
Doniyor Toshxo‘jaevning so‘zlariga ko‘ra, ichki ishlar huzuridagi maxsus guruh tomonidan shu kabi milisiya safiga adashib kirib qolgan, xalq manfaatidan o‘z manfaatini ustun qo‘yuvchi hamda vakolatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanuvchi bu kabi “xodimlar”ni aniqlash va ularni jinoiy jazoga tortish bo‘yicha harakatlar davom ettiriladi.
Xususan, shunday tadbirlardan birida Sergeli tumanida ham giyohvand moddalar iste’mol qilayotganlar ushlangan. Bu hodisaning e’tiborli tomoni shundaki, qo‘lga olinganlarning uchchalasi ham ichki ishlar organlari xodimlari bo‘lgan. Biri nafaqaga chiqqan, qolgan ikki nafari profilaktika nozirlari bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar