O‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat buzdirildi

Sudning hal qiluv qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Majburiy ijro byurosining Chust tuman bo‘limi tomonidan navbatdagi majburiy ijro harakatlari amalga oshirildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qaroriga asosan, javobgar Z.X. tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan va 0,24 gektar yer maydonida noqonuniy ravishda qurilgan turar-joy binosi majburiy tartibda buzdirildi.
Mazkur yer maydoni belgilangan tartibda bo‘shatilib, yaroqli holatga keltirildi.
Ushbu ijro hujjati da’vogar — Kadastr agentligining Namangan viloyat boshqarmasi foydasiga to‘liq ijro etildi.
Qonun ustuvorligi — adolat mezoni. Majburiy ijro organlari tomonidan sud qarorlarining o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishi ta’minlanmoqda.
Fuqarolardan yer maydonlaridan foydalanishda amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish so‘raladi.