date

Mirishkorlik ota aliment evaziga farzandlariga uy berdi

Mirishkorlik ota aliment evaziga farzandlariga uy berdi

Farzand ta’minoti — bu shunchaki majburiyat emas, bu ota-onalik mas’uliyati va kelajak oldidagi vijdonli qarordir. Ayrim holatlarda esa aliment masalasi faqat oylik to‘lovlar bilangina cheklanib qolmay, farzandlar hayoti uchun uzoq muddatli kafolatga aylanadi.

Majburiy ijro byurosi Mirishkor tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjatiga asosan qarzdor A.T.dan undiruvchi M.Q. foydasiga aliment undiruvi belgilangan edi. Mazkur hujjatga muvofiq aliment miqdori daromadning 1/2 qismi etib belgilangan.

Ijro harakatlari jarayonida qarzdor masalaga mas’uliyat bilan yondashib, farzandlari voyaga yetgunga qadar bo‘lgan aliment to‘lovlari hisobiga 3 xonali uy-joy rasmiylashtirib berdi. Bu qaror nafaqat aliment majburiyatining to‘liq va barqaror ijrosini ta’minladi, balki farzandlarning kelajagi uchun mustahkam ijtimoiy himoya yaratdi.

Mazkur holat aliment masalasiga mas’uliyat bilan yondashish, qonun talablarini ixtiyoriy va ongli ravishda bajarishning yaqqol namunasi bo‘lib, boshqa qarzdorlar uchun ham ibrat bo‘la oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Mirishkorlik ota aliment evaziga farzandlariga uy berdi