date

Yashnobodda 1,5 milliard so‘mlik soliq qarzi bo‘yicha mol-mulk xatlandi

Yashnobodda 1,5 milliard so‘mlik soliq qarzi bo‘yicha mol-mulk xatlandi

Byuroning Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituvida qarzdor «J.C.R» korxonasidan undiruvchi Toshkent shahar Soliq boshqarmasi foydasiga jami 1 mlrd. 500 mln. so‘m soliq qarzdorligini undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati 2025-yil 14-iyun kuni bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan va qonun talablariga muvofiq ijro ishi qo‘zg‘atilgan. Shundan so‘ng qarzdor tashkilot rahbariga qarzdorlikni ixtiyoriy tartibda qoplash yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, belgilangan muddatda to‘lovlarni amalga oshirish yuzasidan ogohlantirilgan.

Biroq berilgan imkoniyatlarga qaramasdan soliq qarzdorligi bartaraf etilmagani sababli majburiy ijro choralari qo‘llanildi. Jumladan, qarzdor korxonaga tegishli barcha bank hisob raqamlari, ko‘chmas mulk obyektlari hamda avtotransport vositalariga band solindi va qidiruv e’lon qilindi.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli ko‘chmas mulk hamda “SPARK” rusumli avtotransport vositasi xatlandi. Ayni paytda ushbu mol-mulklarni belgilangan tartibda realizatsiya qilish va auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda. Sotuvdan tushgan mablag‘lar to‘liq ravishda mavjud soliq qarzdorligini qoplashga yo‘naltiriladi.

Byuro organlari tomonidan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorliklarni o‘z vaqtida undirish choralari izchil davom ettirilmoqda

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Yashnobodda 1,5 milliard so‘mlik soliq qarzi bo‘yicha mol-mulk xatlandi