
6-xalqaro fotosuratlar tanlovi – HIPA bosh sovrinini amerikalik fotosuratchi Arash Yagmayen qo‘lga kiritdi, deb yozadi Kun nashri. Uning chiqindilar orasida egulik izlayotgan qiz surati bosh mukofotga loyiq deb topildi. HIPA tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi Dubay Opera uyi binosida bo‘lib o‘tdi. Tanlovda g‘olib chiqqan surat muallifi 120 ming dollar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
"Chaqiriq" yo‘nalishi bo‘yicha italiyalik suratkash Djulio Montinining suzish musobaqada ishtirok etayotgan qo‘lsiz suzuvchi aks etgan surati g‘olib deb topildi.

Tanlov mukofot jamg‘armasi 420 ming dollardan ortiqroq bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 