date

Namanganda 519 million so‘mlik qarzdorlik: garov mulki xatlandi

Namanganda 519 million so‘mlik qarzdorlik: garov mulki xatlandi

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan navbatdagi ijro harakatlari amalga oshirildi.

Ijro hujjatiga asosan qarzdor “Z. T” MCHJ dan undiruvchi bank foydasiga 519 618,7 ming so‘m miqdorida qarzdorlikni undirish belgilangan.

Boshqarma inspektorlari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bo‘lgan garov mulki o‘rganilib, qiymati 512 605,2 ming so‘m bo‘lgan mol-mulk xatlandi.

Xatlangan mulk qonunchilikka muvofiq tartibda baholanib, elektron savdolarga chiqarilishi orqali qarzdorlikni qoplash choralari ko‘riladi.

Barcha ijro harakatlari amaldagi qonun talablari asosida amalga oshirildi.

Qarz majburiyatlarini ixtiyoriy ravishda va o‘z vaqtida bajarish orqali qo‘shimcha xarajatlar va mulkiy cheklovlarning oldini olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, sud qarorlari ijrosi — qonuniylik va adolat kafolati.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda 519 million so‘mlik qarzdorlik: garov mulki xatlandi