date

Yangiyo‘l tumanida aliment undiruvi bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda

Yangiyo‘l tumanida aliment undiruvi bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda

Tumanda aliment majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmagan qarzdorlarga nisbatan qonuniy ta’sir choralari qo‘llanilmoqda.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tuman sudining 2025 yil 20 fevraldagi qaroriga asosan qarzdor A.Xdan undiruvchi M.X foydasiga har oylik daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Biroq qarzdor tomonidan 25 million so‘m miqdoridagi aliment qarzdorligi o‘z vaqtida qoplanmaganligi sababli, unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston tumanlararo sudining 2014 yil 7 oktyabrdagi qaroriga asosan qarzdor L.Mdan undiruvchi Sh.M foydasiga bir nafar farzandi ta’minoti uchun 4 800 AQSH dollari (58 272 000 so‘m) miqdorida aliment undirilishi belgilangan edi.

Byuroning Yangiyo‘l tuman bo‘limi ish yurituvi doirasida mazkur mablag‘lar to‘liq undirilib, bola ta’minoti ta’minlandi.

Aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirish — voyaga yetmagan farzandlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qarzdorlikka yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda qat’iy choralar ko‘riladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Yangiyo‘l tumanida aliment undiruvi bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda