Bank foydasiga kredit qarzi to‘liq undirildi

Majburiy ijro byurosining Jizzax shahar bo‘limi tomonidan tijorat banki foydasiga kredit qarzi undirish haqidagi sud qarori ijrosi ta’minlandi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning qaroriga asosan qarzdor S.Sh.dan bank foydasiga kredit qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Jizzax shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Mazkur ijro hujjati asosida davlat ijrochilari tomonidan qarzdorga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda majburiy ijro choralari qo‘llanildi. Xususan, qarzdorga qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda qoplash zarurligi tushuntirilib, uning mol-mulki va daromad manbalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari va ko‘rilgan ta’sirchan choralar natijasida qarzdor tomonidan kredit qarzi hamda ijro hujjatida ko‘rsatilgan boshqa qarzdorliklar to‘liq qoplandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!