Amerikalik olimlar guruhi boshidan pastki qismi shol bo‘lgan kishiga fikr kuchi bilan harakatlanish imkonini berib, unga qo‘l nazoratini qaytarishdi. Mutaxassislar bu haqida The Lancet jurnaliga ma’lumot bergan, deb yozadi Kun.uz nashri.
Tajriba ostidagi 56 yoshli Bill Kochevar baxtsiz hodisa sabab oyoq va qo‘l sholidan aziyat chekkan. Tadqiqotchilar Kochevarning bosh miya motor qobig‘i sohasiga har biri kichik tabletka hajmida bo‘lgan ikki 96 kanalli elektron massivni o‘rnatishdi. Ular Kochevar qo‘lini harakatga keltirayotganini tasavvur qilgan paytda miya signallarini yozib oladi va bu signallarni kompyuter interfeysiga etkazadi. Interfeys ularni dekodlaydi va erkakning qo‘l va elkasi orasiga o‘rnatilgan stimulyasiya tizimini faollashtiradi.
Kochevar implantasiya oldidan uzoq mashq qilishiga to‘g‘ri keldi - uning shol kasaliga yo‘liqqaniga 8 yil bo‘lgan va bu vaqt ichida mushaklar atrofiyasi qayd etilgan. Harakatlar sekinligiga qaramay, Kochevar implantantlar yordamida buning uddasidan chiqmoqda, masalan choy ichish yoki ovqat eyish. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi